» » Avstraliyadagi hayvonot bog‘i qora karkidonlarni saqlab qolish dasturini amalga oshirmoqda

Avstraliyadagi hayvonot bog‘i qora karkidonlarni saqlab qolish dasturini amalga oshirmoqda


Avstraliyaning Taronga Western Plains Zoo hayvonot bog‘i qora karkidonlarni saqlab qolish dasturida ishtirok etmoqda, deb yozadi National Geographic. 2017-yil u uchun omadli keldi: bir yo‘la ikkita karkidon bolasi tug‘ildi.

Karkidonlar uchun eng katta xavf brakonyerlik bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda.

Taronga Western Plains Zoo 1977-yilda Sidney hayvonot bog‘iga sig‘may qolgan jonivorlarni o‘z qanoti ostiga olish uchun qurilgan. 1994-yilda u yerga Zimbabvedan oltita qora karkidon keltirildi. 2010-yilda hayvonot bog‘ida ikkinchi avlod qora karkidonlari tug‘ildi, 2017-yilda esa bir yo‘la ikkita karkidon bolasi dunyoga keldi.

Aprelda tug‘ilgan urg‘ochi karkidon hayvonot bog‘ida tug‘ilgan qora karkidonlarning uchinchi avlodini “ochib berdi”. Oktabrda dunyoga kelgan erkak karkidon esa dastur tarixidagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi: tug‘ilgan vaqtida u qariyb 40 kg tosh bosdi.

Hayvonot bog‘ida dastur muvaffaqiyat bilan amalga oshayotganini ta’kidlashmoqda: jami bo‘lib 14 ta qora karkidon bolasi dunyoga keldi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют