» » Atlantikada g‘oyib bo‘lgan “San-Xuan” kemasi bortidagi portlashga vodorod sabab bo‘lishi mumkin

Atlantikada g‘oyib bo‘lgan “San-Xuan” kemasi bortidagi portlashga vodorod sabab bo‘lishi mumkin


Argentinaga tegishli Atlantika okeanida g‘oyib bo‘lgan “San-Xuan” suv osti kemasi bortida portlashga vodorodning yuqori darajada to‘planishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat harbiy-dengiz kuchlari rasmiy vakili Enrike Balbi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Portlash haqidagi ma’lumot va bortda torpeda yo‘qligini inobatga olib, u vodorod to‘planishi tufayli sodir bo‘lganini taxmin qilish mumkin. Agar sabab vodorodda bo‘lsa,nima uchun uning jamlanishi ro‘y berganini hozircha bilmaymiz”, — dedi Balbi.

Oldinroq Argentina harbiy-dengiz kuchlari “San-Xuan” g‘oyib bo‘lishiga yakka portlash sabab bo‘lishi mumkinligini bildirgan, uning vakillari esa norasmiy ravishda ekipaj halok bo‘lganini tan olgandi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют