» » “Koinot go‘zali” nomiga 22 yoshli Janubiy Afrika Respublikasi vakilasi sazovor bo‘ldi

“Koinot go‘zali” nomiga 22 yoshli Janubiy Afrika Respublikasi vakilasi sazovor bo‘ldi


“Koinot go‘zali” nomiga Janubiy Afrika Respublikasi vakilasi, 22 yoshli Demi-Li Nel-Piters sazovor bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.

AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan go‘zallik tanlovi finalida Nel-Piters boshlovchining savoliga javob berar ekan, “Koinot go‘zali” uchun eng muhim sifat — o‘ziga ishonch ekanligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu unvon sohibasi “o‘z qo‘rquvlarini yengib”, buni amalga oshirishda boshqa ayollarga ham yordam bera olishi kerak. Qiz ushbu mezonga javob berishiga ishonch bildirdi.

“Koinot go‘zali” tanlovi 1952-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Tanlov g‘olibasi qimmatbaho toj, Nyu-Yorkda bir yil davomida bepul yashash va reklama shartnomasini qo‘lga kiritadi. Reklama shartnomasi doirasida u dunyo bo‘ylab safar qiladi va turli xayriya tadbirlarida qatnashadi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют