» » Amerikalik qizga otasining o‘limidan keyin besh yil davomida uning nomidan guldasta kelib turdi

Amerikalik qizga otasining o‘limidan keyin besh yil davomida uning nomidan guldasta kelib turdi


AQShning Tennessi shtatida yashovchi Uilyam Sellers 2012-yilda saraton xastaligidan vafot etdi, ammo o‘limidan avval qizi uchun har yillik tug‘ilgan kun sovg‘asini uyushtirib ketishga ulgurdi, deb yozadi Forum Daily.

Bu yil qiz 21 yoshga to‘ldi va marhum otasi tomonidan buyurtma qilingan so‘nggi guldastani oldi. Ilk marta otasi u 16 yoshga to‘lgan kuni gul yuborgan edi, o‘shanda erkak hali tirik edi. Shundan keyin guldastalar Sellersning o‘limidan so‘ng ham kela boshladi.

Beyli Sellers 21 yoshga to‘lgan kuni so‘nggi guldastani olgani haqida Twitter’da yozdi hamda u bilan birga yuborilgan tabriknoma suratini qo‘ydi. Unda ota qiziga u uchun boshqa ko‘z yoshi to‘kmasligini tayinlab, doimo uning yonida bo‘lishini yozgan.

Foydalanuvchilar otaning xatti-harakatini yuqori baholadi, qiz otasi hattoki o‘limidan keyin ham odamlar qalbida iliqlik va xursandchilik uyg‘otishda davom etganidan quvonch bildirdi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют