» » AQShda sirli “qorbobo” 10 ming dollarga bolalarga o‘yinchoqlar sotib oldi

AQShda sirli “qorbobo” 10 ming dollarga bolalarga o‘yinchoqlar sotib oldi


AQShning Nyu-Jersi shtatida o‘zini Charli K. deb tanishtirgan sirli “santa” Toys R Us o‘yinchoqlar do‘konida buyurtma qilib qo‘yilgan, ammo sotib olinmagan o‘yinchoqlar uchun 10 780 dollar to‘ladi, deb yozadi Forum Daily.

“Men o‘z vaqtida menga va oilamga yordam bergan odamlarni xursand qilmoqchi bo‘ldim”, — dedi u NBC telekanaliga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, u do‘kondagi barcha odamlardan uchtadan o‘yinchoq tanlashni so‘radi va ularni farzandlariga bayram sovg‘asi sotib olishga qurbi yetmagan oilalarga yordam beruvchi Toys fot Tots tashkilotiga xayriya qildi. Bu o‘yinchoqlar uchun u 2000 dollar sarfladi.

U bu ishlarni “bolalarning Yangi yil orzulari”ni amalga oshirish maqsadida qilayotganini aytdi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют