» » Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan imomlar faol bo‘lishga chaqirildi

Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan imomlar faol bo‘lishga chaqirildi


Imom insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi yoki ezgu ishlarga yo‘llaydigan shaxsdir, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakilligi sayti.

“Imom” arabcha so‘z bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi, peshvo ma’nosini bildiradi. Shuningdek, o‘zida savob ishlarni mujassam qilgan inson ma’nosini ham anglatadi. Demak, bir so‘z bilan aytganda, imom kishilarni ezgu maqsadlar sari yetaklovchi va hidoyatga yo‘llovchidir.

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan masjid xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ayni shu masalalar haqida so‘z bordi.

Uchrashuvga tashrif buyurgan viloyat bosh imom-xatibi T.Erbo‘tayev o‘z ma’ruzasida islom tinchlik dini ekanligi va uning terrorizmni qoralashi, dunyoning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan buzg‘unchilik va xunrezliklar islomdan emasligini keng ta’kidladi.

Shuningdek, diniy mutaassiblik, aqidaparastlarning puch da’volariga raddiyalar, ular tomonidan dinni niqob qilib olib, din ta’limotlarini noto‘g‘ri talqin qilishi, islom dini faqat tinchlik va ezgulikka, o‘zaro mehr-oqibat, bag‘rikenglikka chorlovchi din ekanligini muborak mavlid oyida xalqqa tushintirish ishlarini yanada jadallashtirish lozimligi yana bir bor qayd etildi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют