» » Myanma yetakchisi Xitoyga rasmiy tashrif buyuradi

Myanma yetakchisi Xitoyga rasmiy tashrif buyuradi


Myanma siyosiy yetakchisi — davlat maslahatchisi va tashqi ishlar vaziri Aun San Su Chji yaqin orada Xitoyga rasmiy tashrif buyuradi. Bu haqda uning o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Tashrif sanasiga aniqlik kiritilmagan, biroq Xitoy raisi Si Szinpin bilan bo‘lajak uchrashuvda “ikki tomonlama do‘stona aloqalarni mustahkamlash” muhokama etilishi bildirilgan.

Myanma Rakxayn shtatini 600 mingdan ortiq roxinja tark etganidan so‘ng G‘arb davlatlarining kuchli bosimi ostida qolgani asnosida Pekin tomonidan qo‘llab-quvatlanmoqda. Jumladan, o‘tgan haftada Si Szinpin Myanma milliy mudofaa armiyasi bosh qo‘mondoni Min Aun Xlaingni qabul qilgandi. 

Опубликовано: admin (27-11-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют