» » Vladimir Etushning rafiqasi aktyorning vafot etgani haqidagi gap-so‘zlardan g‘azablandi

Vladimir Etushning rafiqasi aktyorning vafot etgani haqidagi gap-so‘zlardan g‘azablandi


Taniqli rossiyalik aktyor Vladimir Etushning rafiqasi Yelena Etush ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan aktyorning vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi va bu holatdan g‘azablandi, deb xabar beradi 7MedNews.

Ijtimoiy tarmoqlar va bir nechta saytlarda bir vaqtning o‘zida Vladimir Etushning 96 yoshda vafot etgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ma’lumotlarda aktyorning o‘limiga aslida uning hayotiga tahdid solmayotgan shamollash sabab qilib ko‘rsatilgan. Aktyorning rafiqasi sevimli aktyori uchun kuyinayotgan muxlislarni tinchlantirishga qaror qildi.

“U sog‘-omon, o‘tirib kitob o‘qiyapti. Kitobni o‘qib bo‘lgach, mazkur ma’lumotni tekshirishini aytdi”, — deydi aktyorning rafiqasi.

Uning aytishicha, jurnalistlar erta tongdan bir necha marta qo‘ng‘iroq qilgan. Oilaning yaqinlari sudga murojaat qilib, asossiz gap-so‘z tarqatganlarni jazolashni maslahat bergan. Biroq juftlik bunday qilmoqchi emasligini bildirgan.

“Sudga berish yetmay turuvdi, o‘zi! O‘g‘irlangan pullar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganining o‘zi yetadi”, — deydi Yelena Etush.

Yaqinda aktyor oilasiga undan o‘g‘irlangan pullar qaytarildi. Yelena Etush buning uchun tergov qo‘mitasi mutaxassislariga minnatdorchilik bildirdi.

Vladimir Etush 1922-yilda tug‘ilgan. U “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”, “Kavkaz asirasi” hamda “12 ta stul” filmlaridagi obrazlari bilan mashhurlikka erishgan.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют