» » Tanqid, ayovsiz tanqid: Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Farg‘onada o‘tkazgan yig‘ilishdan yangi videoparcha e’lon qilindi (video)

Tanqid, ayovsiz tanqid: Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Farg‘onada o‘tkazgan yig‘ilishdan yangi videoparcha e’lon qilindi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan faollar yig‘ilishidan avval e’lon qilinmagan navbatdagi videoparcha e’lon qilindi.

Oktabr oyi oxirida ushbu yig‘ilishdan davomiyligi 10 daqiqa yetmaydigan videoparcha e’lon qilingan, unda Prezident soliqchilarga murojaat qilib, ularni tanqid qilayotganini ko‘rish mumkin edi.

Salkam 36 daqiqalik yangi videoparchada Prezident Shavkat Mirziyoyev moliya tizimi vakillarini ayovsiz tanqid qilayotganini, xalq nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlaridan charchaganini ta’kidlayotgani aks etgan.

Bundan tashqari, Prezident o‘z chiqishi davomida mas’ullarga Farg‘ona viloyatida ipakchilik, hunarmandchilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar ham bergan.

Bu videoparcha avval televideniye orqali ko‘rsatilmagan; u kim tomonidan internetga chiqarib yuborilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Videoda Telegram’dagi @ideyauz kanali yorlig‘i aylanib yuradi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют