» » Qashqadaryo sudlarida 9 yil ichida salkam 50 marta ko‘rilgan ish jamoatchilik ishtirokida hal etildi

Qashqadaryo sudlarida 9 yil ichida salkam 50 marta ko‘rilgan ish jamoatchilik ishtirokida hal etildi


Qashqadaryo viloyati Sherobod tumanidagi Poshxo‘rt qishlog‘ida yashovchi To‘xta Abdurahmonov o‘zi yashab turgan uyni jiyani Sherali Abdurahmonovga vaqtinchalik yashash uchun bo‘shatib berdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi” gazetasi.

Sherali Abdurahmonov esa amakisiga tegishli uyni o‘ziniki qilib olishga intildi va xiyonat ko‘chasiga qadam qo‘ydi.

Gap shundaki, To‘xta Abdurahmonov Poshxo‘rt qishlog‘ida joylashgan sakkiz sotix yer maydoniga ega besh xonali uyda oila a’zolari bilan 1979-yildan buyon yashagan. Amakisiga tegishli uyni vaqtincha foydalanish uchun olgan Sherali Abdurahmonov esa soxta hujjatlarni ro‘kach qilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudiga uy-joyga egalik qilish huquqini berish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan murojaat etadi.

Sud 2013-yil 22-yanvarda bu da’voni qanoatlantirib, hal qiluv qarorini chiqargan. Biroq fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudi kassatsiya instansiyasining 2013-yil 20-avgustdagi ajrimiga binoan, Termiz tumanlararo sudining ushbu qarori butunlay bekor qilingan.

Mazkur masala sud mahkamalarida to‘qqiz yil davomida 49 marta ko‘rib chiqildi, biroq masala adolatli yechim topmadi.

Shundan so‘ng To‘xta Abdurahmonov viloyatdagi Xalq qabulxonasiga murojaat qildi. Qisqa fursatda viloyat hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhi masalani mahalla jamoatchiligi bilan o‘z joyida atroflicha o‘rganib chiqdi. Jamoatchilik asosidagi muhokamalar masalaga oydinlik kiritdi: fuqaroga o‘z uyi qaytarib berildi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют