» » 28-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qor yog‘ishi mumkin

28-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qor yog‘ishi mumkin


28-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Boshqa viloyatlar va tog‘li hududlarda ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi hududlarda ertalab va kechqurun tuman tushishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 4 daraja sovuq, 1 daraja iliq bo‘ladi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют