» » Toshkent shahri aholisi qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlanadi

Toshkent shahri aholisi qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlanadi


Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisini qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlarining asosiy turlari bilan kafolatli ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligi ta’sischiligida “Toshkent agro zaxira xizmat” unitar korxonasi tuzilishi ma’qullandi. Shahar aholisiga qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib berish hamda sotish, ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash, qishki-bahorgi mavsumda ularning sun’iy oshib ketishining oldini olish korxonaning asosiy vazifalari qatoriga kiradi. 

Mahsulotlarning yetarlicha zaxirasi tayyorlash uchun Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida (“Birlik”, “Shodmalik”, “G‘allaquduq” va “Do‘stlik” massivlari) qishloq xo‘jaligi faoliyati uchun kamida 10 ming gektar, chorvachilik uchun kamida 20 ming gektar yerlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Toshkent shahri massivlarida tipovoy loyihalar asosida ixcham savdo do‘konlari (dala do‘konlari) o‘rnatilishiga ruxsat berildi. Ularda dehqon-fermer xo‘jaliklari o‘z mahsulotlarini sotishi mumkin. 

Опубликовано: admin (27-11-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют