» » Valyutada dividentlar va tadbirkorlarning valyuta hisobvaraqlaridan to‘lovlarga ruxsat berildi

Valyutada dividentlar va tadbirkorlarning valyuta hisobvaraqlaridan to‘lovlarga ruxsat berildi


Markaziy bank boshqaruvi qarori (ro‘yxat raqami 511-9, 2017-yil 23-noyabr) bilan tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi, deb xabar beradi Norma.

Endilikda valyuta hisobvaraqlarida bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraq egasining topshirig‘iga ko‘ra, shu jumladan, dividend tariqasida ham to‘lanishi mumkin.

Tijorat banklaridagi tegishli hisobvaraqlardagi xorijiy valyutadan quyidagi tarzda foydalanish mumkin:

Bundan tashqari, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar hisobvaraqlaridagi valyutani tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi uchun to‘lovga yo‘naltirishga ruxsat berildi.

Qaror qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 2017-yilning 24-noyabridan kuchga kirdi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют