» » UzMobile: Sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislari tarmog‘ining kengaytirilishi davom etmoqda

UzMobile: Sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislari tarmog‘ining kengaytirilishi davom etmoqda


Toshkent viloyatidagi ikki shaharda — Yangiyo‘l shahrida 18-noyabr kuni va Chirchiq shahrida 23-noyabr kuni UzMobile yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislarining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Mazkur voqea shahar aholisi uchun haqiqiy bayramga aylandi. Ilgari shaharda faqat cheklangan xizmat turlariga ega bo‘lgan UzMobile dilerlik markazlari amal qilardi. Sim-kartalarni almashtirish yoki raqamni qayta rasmiylashtirish kabi xizmatlar uchun ovora bo‘lib Toshkentga borish kerak edi. Endi buning hojati yo‘q.

Shubhasiz, yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislarining ochilishi odamlar uchun yanada keng imkoniyatlarni taqdim etadi hamda yangi abonentlarni jalb etadi.

Yangiyo‘l shahrida ham, Chirchiq shahrida ham ofislar ochilish kunida UzMobile tarmog‘iga tezda ulanishni yoki o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha maslahat olishni xohlovchilar bilan to‘ldi. Xodimlar asosiy e’tiborni nafaqat jismoniy shaxslarga, balki yuridik shaxslarga ham qaratdi, Yangiyo‘l shahrida jami 35 ta hamda Chirchiq shahrida esa 60 ga yaqin ulanishni amalga oshirdi.

Yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislarining ochilishi sharafiga sovrinli yutuq o‘yinlari o‘tkazildi. Har bir xohlovchiga “chiroyli” raqam va internet-trafik uchun sertifikatlar sohibi bo‘lish imkoniyati berildi. Bu yutuqlar egasi bo‘la olmaganlarga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar taqdim etildi. Eng yaxshi sovg‘a esa mijozlar uchun ham va abonentlar uchun ham uzoq vaqt xotiralarida saqlanib qoladigan yaxshi kayfiyat bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (27-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют