» » Hech narsaga qodir bo‘lmagan smartfon yaratildi

Hech narsaga qodir bo‘lmagan smartfon yaratildi


Ekspertlarning fikricha, smartfonga ega bo‘lish hissi faqatgina uning raqamli funksiyalariga bog‘liq emas. Unga teginish, qo‘llar orqali uni his qilish, artish, tozalash — buning o‘zi baxt hisoblanadi. Aynan shu kabi holatlar uchun “Smartfon o‘rinbosari” nomli qurilma ishlab chiqarildi, deb xabar berdi “Hi-Tech Mail.Ru”.

“Smartfon o‘rinbosari” — ichiga tosh sharchalar o‘rnatilgan yuqori sifatli plastik bo‘lagi. Tosh sharchalarni bemalol aylantirish mumkin, u foydalanuvchiga zavq bag‘ishlaydi va barmoqlarni massaj qiladi.

“Smartfon asabni tinchlantiradi, masalan u haqiqiy smartfonga o‘ta bog‘lanib qolgan odamlarga yordam beradi. Qurilma terapevtik ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega”, — deydi qurilma yaratuvchisi.

Shuningdek, uning aytishicha, “smartfon”ni yaratishda ixtirochini o‘z telefoniga sababsiz va ma’nisiz tikilaveradigan, qo‘lida bemaqsad aylantiraveradigan odamlardan tashqari, chekishni yog‘och imitatsiyadan foydalangan holda tashlagan yozuvchi Umberto Eko ilhomlantirgan.

“Bu ham xuddi shu kabi hissiyot edi, biroq nikotinsiz, shunchaki jismoniy aloqa. Men bu haqda o‘ylab ko‘rdim va shu kabi jismoniy hissiyotni bera oladigan, ammo orticha funksiyalarsiz smartfonni yaratish kerak degan qarorga keldim”, — deydi ixtirochi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют