» » Anung vulqoni otilishi sababli sayyohlar Baliga chipta xarid qilishni to‘xtatdi

Anung vulqoni otilishi sababli sayyohlar Baliga chipta xarid qilishni to‘xtatdi


Indoneziyaning Anung vulqoni otilishi davom etayotgan Bali oroli, uning eng yirik shahri va ma’muriy markazi Denpasar yo‘nalishiga 27-noyabr, dushanba kunning yarmi holatiga birorta aviachipta sotilishi qayd etilgani yo‘q. Bu haqda OneTwoTrip sayohatlar servisi rivojlanish bo‘yicha direktori Arkadiy Gines ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Vulqon bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi Balida dam olish uchun eng ommaviy oylar — dekabr va yanvar arafasida ro‘y berdi. Yakshanba kuni ham sayyohlar 2018-yil yanvariga orolga safarni rejalashtirayotgandi. Biroq ertasiga tushga kelib bu yo‘nalishda aviachiptalar sotilishi qayd etilmadi”, — dedi Gines.

Ekspertga ko‘ra, hozirda sayyohlar vulqon bilan bog‘liq vaziyat rivojini kutayotganligi sababli Baliga hatto keyinroq muddatlarga ham chipta xarid qilmayapti.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют