» » Isroil: Arab davlatlari Erondan ko‘ra o‘z jamoatchiligidan ko‘proq qo‘rqadi

Isroil: Arab davlatlari Erondan ko‘ra o‘z jamoatchiligidan ko‘proq qo‘rqadi


Arab davlatlari Isroil bilan ochiq muloqot va hamkorlik qilishga tayyor emas. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Uning aytishicha, arab davlatlari birinchi navbatda o‘z jamoatchiligining noroziligidan qo‘rqadi.

Isroil Yaqin Sharqning davlatlarining mo‘tadil bloki, birinchi navbatda Fors ko‘rfazi qirolliklari bilan yaqinlashishni bir necha bor tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishi sifatida belgilagan edi. Ularni Isroil bilan birlashtiruvchi omil sifatida Eron ekspansiyasi ko‘rilayotgan edi. Ammo, Libermanning fikricha, arab davlatlari Eron tajovuzidan ko‘ra jamoatchilik noroziligidan ko‘proq qo‘rqmoqda.

“Afsuski, mo‘tadil arab davlatlarining birortasi ochiq aloqaga, ittifoqqa tayyor emas. Bu ular Erondan ko‘ra o‘z olomonidan, fuqarolaridan, pastdagi norozilikdan ko‘proq qo‘rqishi bilan tushuntirilsa kerak”, — dedi vazir Isroilning rus tilida efirga chiquvchi To‘qqizinchi kanaliga bergan intervyusida.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют