» » Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev va Almazbek Atambayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev va Almazbek Atambayev bilan telefon orqali muloqot qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev, shuningdek, Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev bilan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezidentning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.

Qozog‘iston rahbari bilan suhbatda tomonlar O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlarining muhim masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lgan joriy yil aniq amaliy mazmunga boy bo‘lgani hamda ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada mustahkamlash, yangi, sifat jihatidan yanada yuqori bosqichga ko‘tarish imkonini berganini alohida ta’kidladi.

Davlat rahbarlari hamkorlik bo‘yicha rejalashtirilgan, avvalo, iqtisodiyot sohasidagi dastur va loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida birgalikda yanada faol harakat qilish muhimligini ta’kidladi. Tomonlar tashqi siyosat va yetakchi xalqaro tashkilotlar doirasida ham samarali hamkorlik amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Almazbek Atambayev bilan suhbatda O‘zbekiston Prezidenti o‘zining Qirg‘iziston Respublikasining yuksak davlat mukofoti — “Danaker” ordeni bilan taqdirlangani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu mamlakatlar va qardosh xalqlar o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, samarali hamkorlikni rivojlantirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar e’tirofi ekani ta’kidlandi.

Suhbatda yakuniga yetayotgan yil ikki tomonlama munosabatlarda to‘planib qolgan ko‘plab, jumladan, ancha murakkab masalalarni hal qilishda katta natijalarga erishish imkonini bergan hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgani ta’kidlandi. O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining tarixiy ahamiyati alohida qayd etildi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют