» » Nik Vuychich baxtli bo‘lishning uch yo‘lini ma’lum qildi

Nik Vuychich baxtli bo‘lishning uch yo‘lini ma’lum qildi


Yozuvchi, san’at homiysi va motivatsiya beruvchi notiq Nik Vuychich Synergy Global Forum biznes-forumida o‘zini baxtli his qilishning uch yo‘li haqida hikoya qilib berdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Uning hikoya qilishicha, tushkunlikka tushgan yoki o‘zini baxtli his qilish uchun ovqat yeyayotgan har qanday kishi o‘tirib olishi va o‘zi minnatdor bo‘lgan 5—10 ta narsa haqida yozishi kerak.

Nik Vuychich ikkinchi yo‘l sifatida har qanday kishi tushkun yoki og‘ir holatda bo‘lganida, buni bir o‘zi boshdan o‘tkazmasligi haqida gapirgan. Bunda kim bilandir gaplashishi va yordam so‘rashdan qo‘rqmasligi kerak.

U uchunchi yo‘lini yordamga muhtojlarga yordam berish, deb atagan. Og‘ir ahvolda bo‘lgan biror kishini tabassum qilishga undash, muammolarini unutishga yordam berish o‘z hayotidagi maqsadni a’lo darajada ko‘rishga yordam beradi. Bu esa baxtli bo‘lishga imkon beradi.

Synergy Global Forum biznes-forumi Moskvada 27—28-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirning dunyodagi eng yirik biznes-forum bo‘lishi kutilmoqda. Unda 19,5 ming kishi ishtirok etadi.

Nik Vuychich tetraameliya sindromi bilan tug‘ilgan bo‘lib, uning qo‘l va oyoqlari yo‘q. Biroq bu unga yurishni o‘rganishga, sport bilan shug‘ullanishga va dunyoda mashhurlikka erishishga xalaqit bermagan.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 8) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют