» » Sug‘urta puli uchun mashinasini cho‘ktirmoqchi bo‘lgan xitoylik erkakning o‘zi cho‘kib ketdi

Sug‘urta puli uchun mashinasini cho‘ktirmoqchi bo‘lgan xitoylik erkakning o‘zi cho‘kib ketdi


Xitoylik ishbilarmon YTHni uyushtirib, Jaguar markali avtomobilini daryoga cho‘ktirmoqchi bo‘lganida uning o‘zi cho‘kib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar berilishicha, Li familiyali erkak mashinasining sug‘urta qiymati uning savdodagi qiymatidan yuqori bo‘lishini bilgach, uni daryoga cho‘ktirishga qaror qilgan.

Erkak avariyani puxta rejalashtirgan. Birinchi bosqichda u mashinani masofadan boshqarishga imkon beruvchi qurilmadan foydalangan. U mashinani Xitoyning Chjetszyan provinsiyasidagi Venlin aholi punkti yaqinidan o‘tuvchi daryoga cho‘ktirgan. Shundan so‘ng u 29 yoshli tanishi Chjan familiyali qiz bilan daryoga sakragan.

Rejaga ko‘ra, qiz darhol suvdan chiqishi, erkak esa masofadan boshqarish qurilmasini olish uchun mashinaga borishi kerak bo‘lgan. Keyin esa qiz politsiyani chaqirishi, shundan so‘ng avtomobil egasi qirg‘oqqa chiqishi kerak bo‘lgan.

Politsiyani ishontirishga oson bo‘lishi uchun rulni qiz boshqarganini aytish rejalashtirilgan edi. Biroq erkak suvda uzoq vaqt qolib ketgach, qiz yordam chaqirishga qaror qilgan. Mahalliy aholi Lini suvdan olib chiqqan. Biroq tez yordam va politsiya yetib kelguniga qadar erkak vafot etgan. Qizning fikricha, Li mashinadagi masofadan boshqaruv qurilmasini olish vaqtida uning ichida qolib ketgan.

Sheriklar daryoning mazkur qismida chuqurlik bir metrdan oshmaydi, deb o‘ylagan. Shuning uchun shu joyni tanlagan. Biroq daryoning bu joyida chuqurlik ikki metrdan ortiq bo‘lb chiqqan.

Tergovchning so‘zlariga ko‘ra, qiz hodisa qanday yuz berganini aniq tasvirlab bera olmagan. Bundan tashqari, uning telefoni va ba’zi buyumlari quruq bo‘lgan. Shuning uchun tergovchi bu hodisa uyushtirilgan, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik qiz bunga iqror bo‘lgan va vafot etgan erkak undan rejani amalga oshirishda ishtirok etishini so‘raganini aytgan.

Qizga qanday jazo qo‘llanilishi noma’lum, biroq sug‘urta kompaniyasi bu holat uchun hech narsa to‘lamasligini ma’lum qilgan.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют