» » Samsung Galaxy A8 (2018) old paneli suratlari paydo bo‘ldi: selfi uchun qo‘sh kamera, romsiz ekran

Samsung Galaxy A8 (2018) old paneli suratlari paydo bo‘ldi: selfi uchun qo‘sh kamera, romsiz ekran


Yaqinda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Samsung Galaxy A8 (2018) va A8 Plus (2018) smartfonlari ustida faol ish olib bormoqda. Internetda paydo bo‘lgan qurilma old panelining jonli suratlari esa u haqda ancha-muncha qiziqarli ma’lumotlarni oshkor etadi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Avvalroq kompaniya Infinity ekranli romsiz dizayndan arzon smartfonlari lineykasida foydalanishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. Endi esa u arzon lineykadagi Galaxy A8 (2018) smartfoniga o‘rnatilishiga shubha ham qolmadi — suratda aynan uning yuza paneli aks etgan.

Unga ko‘ra, qurilmaning tepa romiga selfi uchun qo‘sh kamera o‘rnatiladiganga o‘xshaydi. Old panelda Home tugmasi bo‘lmagani sababli, barmoq izi skaneri A8 (2018)da orqa panelga joylashtirilishi mumkin.

Mish-mishlar bo‘yicha, Galaxy A8 va A8+ Galaxy S8 va S8+ flagmanlarining arzonroq va yengillashtirilgan versiyalari bo‘ladi. Ular kelasi oyda yoki 2018-yilning yanvarida paydo bo‘lishi mumkin.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют