» » Bola uchun suv zarurligining 5 ta sababi

Bola uchun suv zarurligining 5 ta sababi


Suv har bir odamning – kattalarning ham, bolalarning ham hayotida muhim rol o‘ynaydi.

Bolalar kattalardan ko‘ra ancha faolroq bo‘lgani uchun ularda modda almashinuvi jadalroq, shuning uchun ularning tabiiy ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji anchagina yuqoridir.

Biz sizga bolani muntazam ravishda suv ichishga o‘rgatish nima uchun bunchalik muhimligi haqida aytib bermoqchimiz.

Bolalar kattalarga qaraganda ancha harakatchan bo‘lib, jismoniy mashqlar paytida ular ko‘p suyuqlik yo‘qotadi: shuning uchun bola o‘z vaqtida suv ichishini va suv balansini tiklashini nazorat qilib turish lozim.

Olimlarning aniqlashicha, agar bola organizmida suv yetishmasa, uning aqliy va jismoniy ko‘rsatkichlari 20% ga tushib ketar ekan.

Birinchidan, miyaning 80% i suvdan tashkil topgan bo‘lib, suvning yetishmasligi unga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ikkinchidan, suv shuningdek qon harakatlanishiga ham yordam beradi, agar qon oqimi sekinlashsa, miyaga kislorod bormay qo‘yadi.

Shuning uchun bolaning suv balansini saqlash bilan siz uning xotirasini va diqqatini yaxshilagan bo‘lasiz.

Bolaning qoni, miyasi, hamma a’zolari va hatto suyaklari tarkibida ham suv mavjud. U hamma hayotiy jarayonlarda muhim vazifani bajaradi.

Agar bola organizmi muntazam ravishda suvsizlik holatida bo‘lsa, bu har xil kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Muntazam suv ichib turish esa bolaning ahvoli yaxshilanishiga, kuchiga kuch qo‘shilishiga, allergik reaksiya va boshqa xavflarning kamayishiga yordam beradi.

Suv modda almashinuvini yaxshilaydi, bola organizmi shakllanishida va immunitetining mustahkamlanishida asosiy rol o‘ynaydi: u hamma kimyoviy reaksiyalarda qatnashadi, bolaning o‘sishi uchun kerak bo‘ladigan vitaminlar, makro- va mikroelementlarni yetkazib berishda yordam beradi.

Suv ichish tana haroratini muvofiq holda saqlab turishga yordam beradi. Shuning uchun muntazam ravishda suv ichish nafaqat yoz faslida, balki hatto yilning eng sovuq paytlarida ham juda muhimdir.

Manba: “Detstrana.ru”

Опубликовано: admin (28-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют