» » Putin Galina Melnikovani Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi

Putin Galina Melnikovani Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston xalq artisti Galina Melnikova va boshqa chet el fuqarolarini Do‘stlik ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida farmon imzoladi, deb yozadi “1news.uz”.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekistondagi “Mehrjon” xayriya jamg‘armasi vasiylik kengashi a’zosi Galina Melnikova “xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, xalqlar madaniyatlarini yaqinlashtirish va o‘zaro boyitish bo‘yicha samarali faoliyati uchun” taqdirlandi.

Shuningdek, Do‘stlik ordeni Britaniyaning “Chik bay Jrud” teatri direktori Donnellan Deklanga, Fransiyaning Kursi shahri meri Martin Jolliga, Italiyaning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Chezare Mariya Ragalyini va boshqalarga berildi.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют