» » Ozbekistonda ilm-fanni rivolantirishga hissa qoshayotgan olimlar taqdirlandi

Ozbekistonda ilm-fanni rivolantirishga hissa qoshayotgan olimlar taqdirlandi


Joriy yilning 27-noyabr kuni Toshkent shahridagi International Hotel Tashkent mehmonxonasining katta anjumanlar zalida UNESCO tomonidan etirof etilgan 10-noyabr Xalqaro fan kuni munosabati bilan Ozbekiston fanining rivojlanishiga, uning dunyo miqyosida obrosi ortishiga munosib hissa qoshayotgan faol olimlarni ragbatlantirish maqsadida taqdirlash tadbiri otkazildi. Bu haqdaOzbekiston Respublikasi Fan va Texnologiyalar agentligi Daryoga xabar berdi.

Ushbu tadbir Ozbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi hamda Clarivate Analytics kompaniyasi (AQSh) bilan birgalikda tashkil qilindi. Nominatsiya goliblari Respublikadagi oliy talim va ilmiy muassasalarda faoliyat yuritayotgan olimlar hisoblanib, ularning ilmiy ishlari samaradorligi xalqaro Web of Science ilmiy-tahliliy elektron malumotlar bazasiga kirgan impakt-faktorli ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar va ularga keltirilgan havolalar asosida baholandi.

Tadbirda Hukumat vakillari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, oliy oquv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari rahbarlari, ilmiy xodimlar, oqituvchi-professorlar, yosh olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi (jami 300 nafardan ziyod).

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kafedra mudiri, texnika fanlari doktori Tulyaganov Dilshat Ubaydullayevich, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti bolim mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Ahmedov Bobomurat Jurayevich, Fanlar akademiyasi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Omirov Baxrom Abdazovich, Fanlar akademiyasi Osimlik moddalar kimyosi instituti laboratoriya mudiri, kimyo fanlari doktori, professor Tashxodjayev Baxodir, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti katta oqituvchisi Salaxodjayev Raufxon Farxodxonovich va boshqalar Vazirlar Mahkamasining Faxriy yorligi va pul mukofoti, shuningdek, Fan va texnologiyalar agentligi hamda Clarivate Analytics kompaniyasining Faxriy yorligi, qimmatbaho va esdalik sovgalari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari tashkilotchilar tomonidan quyidagi nominatsiyalar boyicha goliblar mukofotlandi:

Eng yaxshi ayol tadqiqotchi nominatsiyasi golibi Respublika Terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi direktor orinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamilova Umida Kabirovna; Eng yaxshi yosh olim nominatsiyasi golibi Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori Abdujabbarov Axmadjon Adiljanovich; Eng yaxshi ilmiy muassasa nominatsiyasi golibi Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Yuldashev Bekzod Sodiqovich; Eng yaxshi oliy oquv yurti nominatsiyasi golibi Ozbekiston milliy universiteti rektori Maraximov Avaz Raximovich va boshqalar.

: admin (28-11-2017, 09:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -