» » Oson Business – yurtdosh tadbirkorlarimiz uchun birinchi biznes-ilova

Oson Business – yurtdosh tadbirkorlarimiz uchun birinchi biznes-ilova


Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash – muvaffaqiyatli ravnaq kaliti. Xususiy biznesni boshlash – oson, uning samaradorligiga erishish – hamma tadbirkorlarning ham qo‘lidan kelavermaydigan murakkab masala.

Biznesning ichki tuzilishi – bu murakkab jarayonlar majmuidir. Qulay to‘lov usullari, hisob yuritish tizimi, o‘z vaqtida hisobot topshirishni tashkillashtirish va amalda qo‘llash. Bu tadbirkorlar kunda to‘qnashadigan asosiy masalalargina xolos. Ularni soddalashtirish va yechimlarni yengillashtirish imkoni bormi?

Shubhasiz. Bugungi kunda O‘zbekistondagi har bir tadbirkor Oson Business  moliyaviy vositasi yordamida mustaqil ravishda ichki jarayonlarni amalga oshirishni optimallashtirish va yengillashtirishga qodir. Bu bizning mamlakatimizda namoyish etilgan ushbu turdagi birinchi va yagona tizimdir. Ishlab chiquvchi — Brio Group mahalliy kompaniyasi.

Xo‘sh, Oson Business qanday ishlaydi?

Platforma tadbirkorning shaxsiy kabineti ko‘rinishida taqdim etilgan. Aynan shu yerda, barcha kerakli vazifalar mujassamlashtirilgan. Tizimning qo‘shimcha imkoniyatlari ishlab chiqishning yakuniy bosqichida, eng kerakli, asosiy imkoniyatlar esa turg‘un ishlamoqda va bir qator mahalliy tadbirkorlar tomonidan qo‘llanilmoqda. Hozirning o‘zidayoq, O‘zbekistondagi har bir tadbirkor joylashuvidan, terminalning mavjudligi va kechami yo kunduzligidan qat’i nazar, sotib olish va sotish jarayonini amalga oshira oladi. NFS texnologiyasi bo‘yicha kontaktsiz to‘lov qabul qilish imkoniyati mavjud.

Xaridorlardan qabul qilingan pul mablag‘lari, shu onning o‘zidayoq tadbirkorning bank hisobiga o‘tkaziladi. Har bir moliya operatsiyasi haqidagi batafsil ma’lumot to‘lovlar tarixida ishonchli tarzda saqlanadi va istalgan vaqtda nazorat va tahlil uchun foydalanishga tayyor turadi. Oson Business tizimi do‘kon egalari, internet-do‘konlar, yetkazib berish xizmatlari uchun a’lo yechimga aylandi. Endi yetkazib berish xizmati terminalga bog‘liq emas, bu esa yanada ko‘proq buyurtmalarni bajarishga ulgurish imkonini yaratdi.  Afzalliklari, qulayligi va moliyaviy operatsiyalarning soddalashtirilishi juda ko‘p tajribali va endigina ish boshlagan tadbirkorlar tomonidan yuqori baholandi.

Qanday qilib tizimning ishtirokchisi bo‘lish mumkin? Xususiy biznesda Oson Business’dan foydalanish uchun nima talab etiladi?

Ulanish jarayoni juda oddiy. Platformaga ulanish uchun biznes egalari www.oson.uz saytida talabnoma qoldirishlari yoki +998 (71) 207-80-80 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlarining o‘zi kifoya. Barcha tashkiliy jihatlar ishlab chiquvchi kompaniya — Brio Group tomonidan boshqariladi. Shartnomani tezda rasmiylashtirish va tashkillashtirish tizimda allaqachon yo‘lga qo‘yilgan.

Oson Business foydalanuvchilarini kelajakda nima kutmoqda?

Ayni vaqtda, tizimni qo‘shimcha imkoniyatlar bilan ta’minlash ishlari ketmoqda. Xodimlarni kiritish, vazifalarni taqsimlash va keng qamrovli buxgalteriya dasturlari bilan integratsiya amalga oshirilmoqda. Bu yaqin orada foydalanuvchilarga taqdim etiladigan imkoniyatlarning ba’zilari xolos.

Oson:

iOS – https://goo.gl/yAaqjg

Android – https://goo.gl/w96KTn

Oson Business:

iOS – https://goo.gl/WBbrWM

Android – https://goo.gl/iJZrgE

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (28-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют