» » Belgiyada poyezd temir yo‘l ishchilari guruhini bosib ketdi

Belgiyada poyezd temir yo‘l ishchilari guruhini bosib ketdi


Belgiyaning Eno provinsiyasidagi Morlanvelz aholi punkti yaqinida 27-noyabr, dushanba kuni nosoz poyezd bilan yuz bergan hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, yetti kishi jabrlandi, deb yozadi “TASS”.

Kechki payt temir yo‘lchilar brigadasi avvalroq poyezd avtomobil bilan to‘qnashib ketgan temir yo‘lni kesib o‘tish joyida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan edi. Hodisada hech kimga ziyon yetmagan, ammo temir yo‘l zarar ko‘rgan edi.

Nosoz poyezd temir yo‘l kranidan uzilib chiqib, qiya yo‘ldan qariyb 14 km masofani bosib o‘tgan va yo‘lovchi poyezdiga kelib urilgan. Ishchilar qorong‘ida yaqinlashib kelayotgan poyezdni ko‘rmay qolgan va yo‘ldan chetga chiqishga ulgurmagan. Qurbonlar va jarohatlanganlar Belgiyaning Infrabel temir yo‘l kompaniyasi hamda Belgiya temir yo‘llari milliy jamiyati xodimlaridir.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют