» » Qishloq oilaviy poliklinikalarida ginekolog va pediatrlarning shtatlar jadvali ko‘paytiriladi

Qishloq oilaviy poliklinikalarida ginekolog va pediatrlarning shtatlar jadvali ko‘paytiriladi


Joriy yilda Moliya vazirligining ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 73,6 milliard so‘m mablag‘ ajratildi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Ushbu mablag‘lar hisobidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi 8 ta 764 o‘rinli (Toshkent shahri va Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo) viloyat perinatal markazlari, shahar tug‘ruq kompleksi va bolalar shifoxonasida hamda 13 ta tuman tibbiyot birlashmalarining 961 o‘rinli tug‘ruq kompleksi va bolalar bo‘limlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

2017-yilda O‘zbekistondagi tug‘uruqxona muassasalarini jihozlashga 17 million AQSh dollari sarflangan bo‘lsa, 2018-yilda 50 million AQSh dollari ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, qishloq oilaviy poliklinikalarida ehtiyoj o‘rganilgan holda ginekolog va pediatr vrachlarning shtatlar jadvali ko‘paytirilmoqda.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 14:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют