» » Shahzoda Garri qaylig‘ining uzugidagi brilliantlar qayerdan olingani ma’lum bo‘ldi

Shahzoda Garri qaylig‘ining uzugidagi brilliantlar qayerdan olingani ma’lum bo‘ldi


Gollivud aktrisasi Megan Markl rasman Uels shahzodasi Charlzning kenja o‘g‘li — Garrining qaylig‘i sifatida tanishtirildi, deb xabar berdi The Telegraph.

Markl jurnalistlar oldiga qaylig‘i hamrohligida chiqqan. U Kanadaning Line brendiga tegishli kiyimda bo‘lgan. Nashr mutaxassislarining fikricha, Shahzoda Garrining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i kiygan kiyimi orqali o‘zini britan emasligini va unashtirish marosimiga Amerika markasiga oid ko‘ylak (masalan, Oscar de la Renta) kiyishini ta‘kidlash niyatida.

Shuningdek, aktrisa shahzoda Garri sovg‘a qilgan uchta brilliant ko‘zli tilla uzugini namoyish qildi. Ularning eng kattasi Botsvanadagi konlardan topilgan. Yaqinda shahzoda va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i dam olishni aynan shu yerda o‘tkazgan edi.

Qolgan ikkita kichikroq brilliant uning onasi — malika Diananing kolleksiyasiga oid. Diananing unashtiruv uzugi esa ayni vaqtda shahzoda Uilyamning rafiqasi — Kembrij gersoginyasi Keytga tegishli.

Avvalroq, shahzoda Garri va aktrisa Megan Markl o‘zlarining unashtirilganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют