» » Massachusets texnologiya instituti Marsda 10 ming kishini joylashtirishga mo‘ljallangan loyihani taqdim etdi

Massachusets texnologiya instituti Marsda 10 ming kishini joylashtirishga mo‘ljallangan loyihani taqdim etdi


Marsda yashash uchun mo‘ljallangan uy-joylar loyihasini tayyorlagan Massachusets texnologiya institutining (AQSh) bir guruh muhandis va me’morlari Mars City Design tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Tanlovga NASA va ESA (Yevropa koinot agentligi) homiylik qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Gumbaz shaklida ishlangan Marsdagi uylar loyihasi Redwood Forest nomini oldi. Har bir gumbaz qolganlari bilan daraxtlarning ildiziga o‘xshash tunnellar tizimi bilan bog‘lanadi.

Qizil sayyora yuzasi ostidan o‘tishi rejalashtirilgan tunnellar ish va dam olish uchun mo‘ljjalangan binolar, shuningdek, transport vositalariga olib borishi ko‘zda tutilgan. Ular odamlarni radiatsiya, kichik metoritlar zarbasi va haroratning keskin ko‘tarilib-tushishi oqibatlaridan ishonchli himoya qiladigan darajada loyihalashtirilgan.

Har bir uy ko‘pi bilan 50 kishiga mo‘ljallangan. Loyiha mualliflari kelgusida 10 ming kishini joylashtirish uchun 200 ta shunday gumbaz barpo etishni taklif qilmoqda.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют