» » Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili etib ilk marta ayol kishi tayinlandi

Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili etib ilk marta ayol kishi tayinlandi


Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili etib Karen Pirs tayinlandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Pirs, shuningdek tashqi ishlar vazirligi siyosiy va hamdo‘stlik masalalari bo‘yicha bosh direktori hisoblanadi. U mamlakat tarixida mazkur lavozimga tayinlangan ilk ayol kishi bo‘ldi.

“Qo‘shma qirollik mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va rivojlanish uchun muhim chaqiriqlarni hal etish ustida boshqa mamlakatlar bilan ish olib borishda davom etadi”, — deydi diplomat.

Pirs 1981-yildan beri Britaniya tashqi ishlar vazirligida ishlab kelmoqda.

2015-yilning may oyidan 2016-yilga qadar u Britaniyaning Afg‘onistondagi elchisi bo‘lib ishlagan. Unga qadar BMT qoshidagi va boshqa tashkilotlarning Jenevadagi domiy vakili lavozimida faoliyat yuritgan. U 2006—2009-yillarda Nyu-Yorkda Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari bo‘lgan.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют