» » AFP: Noma’lum shaxslar Burkina-Fasoda Makronning tashrifidan oldin fransuz harbiylariga hujum qildi

AFP: Noma’lum shaxslar Burkina-Fasoda Makronning tashrifidan oldin fransuz harbiylariga hujum qildi


Noma’lum shaxslar 27-noyabr, dushanba kuni Burkina-Faso poytaxti Uagaduguda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning tashrifiga ikki soat qolganida fransuz harbiylariga hujum uyushtirdi. Bu haqda Agence France Presse’ga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum uyushtirganlar soat 20:00 da mototsiklda fransuz avtomobillariga yaqinlashgan va ularga granata otgan. Granata “nishon”ga yetib bormagan, ammo uning portlashi oqibatida uch nafar mahalliy aholi jarohat olgan. Fransiya prezidenti Uagaduguga soat 22:30 da yetib kelgan.

Fransuz harbiylari mintaqada 2014-yilning yozidan buyon, G‘arbiy Afrikaning beshta mamlakati — Burkina-Faso, Mavritaniya, Mali, Niger va Chad hukumatlari bilan hamkorlikdagi “Barxan” operatsiyasi sabab bo‘lib turibdi. Ularning maqsadi Liviyadan Gvineya-Bisaugacha bo‘lgan minataqadagi jangarilar guruhiga qarshi kurashishdan iborat.

Avvalroq, Fransiya prezidenti Burkina-Fasoga Yevropa Ittifoqining Afrika bilan munosabatlarini mustahkamlash maqsadida tashrif buyurishini ma’lum qilgandi.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют