» » “Yil avtomobili” tanlovining finaliga yo‘l olgan avtomobillar nomi ma’lum bo‘ldi (foto)

“Yil avtomobili” tanlovining finaliga yo‘l olgan avtomobillar nomi ma’lum bo‘ldi (foto)


Yevropaning “Yil avtomobili” tanlovi tashkilotchilari birinchi o‘rin uchun kurash olib boradigan yettita “finalchi”ni tanlab oldi. Ular orasidan Alfa Romeo Stelvio, Audi A8, BMW 5 Series, Citroen C3 Aircross, Kia Stinger, Seat Ibiza va Volvo XC40 o‘rin olgan, deb xabar berdi “Motor”.

Tanlov boshida 37 turdagi avtomobil taqdim etilgan bo‘lib, ular orasida Skoda Karoq, Opel Insignia, Volkswagen Arteon, Opel Crossland X va Grandland X kabi modellar ham bor edi. Ularning barchasi finalga chiqa olmadi.

G‘olibni Yevropaning 23 mamlakatidan bo‘lgan 60 nafar avtojurnalist tanlab oladi.

O‘tgan yili Peugeot 3008 krossoveri Yevropaning eng yaxshi mashinasi deb topilgan edi. Ikkinchi o‘rinni Alfa Romeo Giulia, uchinchi o‘rinni esa Mercedes-Benz E-Class egallagan.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют