» » O‘zbekistonda Innovatsion rivojlanish vazirligi va Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Innovatsion rivojlanish vazirligi va Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etiladi


O‘zbekiston hukumati tarkibida yangi tuzilmalar tashkil etiladi. Bu haqda, hukumatdagi manbalariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalari fondi tuziladi. Bu ikki tuzilma faoliyati bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari tomonidan tartibga solinadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etiladi. Ushbu tashkilot faoliyati bosh vazir o‘rinbosari — Tashqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari tomonidan tartibga solinadi.

Mazkur yangi idora va tashkilotlar aynan qachon tashkil etilishi haqida aniq ma’lumotlar hozircha yo‘q.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют