» » O‘zmilliybank rahbari Suhrob Xolmurodov bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zmilliybank rahbari Suhrob Xolmurodov bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi


O‘zbekiston Milliy banki raisi boshqaruvi raisi Suhrob Xolmurodov bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda, hukumatdagi manbalariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, hukumat tarkibida Xolmurodov Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksiga rahbarlik qiladi.

Bundan tashqari, u yangi tashkil etiladigan Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash fondi faoliyatini ham tartibga soladi.

Suhrob Xolmurodov (1973-yilda tug‘ilgan) 1993-yildan beri bank tizimida faoliyat ko‘rsatadi. U 2017-yil martida Milliy bank rahbariga aylangan edi. Bungacha u bank raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют