» » OAV: O‘zSQB raisi Milliy bank rahbari etib tayinlandi

OAV: O‘zSQB raisi Milliy bank rahbari etib tayinlandi


Alisher Mirsoatov O‘zmilliybank boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda, o‘z manbalariga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Avvalroq Milliy bank raisi Suhrob Xolmurodov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Xolmurodovning O‘zmilliybankdagi bo‘shab qolgan o‘rnini 2016-yil kuzidan “Sanoatqurilishbank”ga rahbarlik qilib kelgan Alisher Mirsoatov egallagan.

Xabar berishlaricha, 1974-yilda tug‘ilgan Mirsoatov 1996-yildan beri bank tizimida ishlaydi. U 1996-yil dekabridan 2016-yil oktabriga qadar O‘zmilliybankda faoliyat ko‘rsatgan.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют