» » Yangiyo‘l tumanida kollej o‘quvchilari qiymati 8 mln so‘m bo‘lgan tilla buyumlar va pul o‘g‘irladi

Yangiyo‘l tumanida kollej o‘quvchilari qiymati 8 mln so‘m bo‘lgan tilla buyumlar va pul o‘g‘irladi


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida umumiy qiymati 8 million so‘m bo‘lgan buyumlar va pul o‘g‘irlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

IIB xodimlariga ko‘ra, 7 ta uzuk, tilla zanjir va 390 ming so‘m o‘g‘irlangan. Tergov harakatlari natijasida o‘g‘rilar Yangiyo‘l tumanida yashovchi Avtotransport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji 1-bosqich o‘quvchilari ekanligi aniqlandi.

Ular darsdan qochib, kollej orqa tomonidan devordan oshib o‘tgan va o‘quv yurtidan chiqib ketgan. O‘quvchilar jabrlanuvchi eshigini taqillatib, uyda hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, o‘g‘irlikni amalga oshirgan.

Hozirda ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют