» » Turkiyada ishlab chiqarilgan eng katta super yaxta suvga tushirildi

Turkiyada ishlab chiqarilgan eng katta super yaxta suvga tushirildi


Turkiyaning yaxta ishlab chiqaruvchi Bilgin Yachts korxonasi 80 metrli Project 263 super yaxtasini suvga tushirdi, deb xabar beradi Super Yacht Times.

Ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, kema Turkiyada ishlab chiqarilgan eng yirik yaxta hisoblanadi.

Yaxtadagi kayuta va boshqa bo‘lmalar interyeri Londonning H2 Design Studio studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi paytda yaxtada jihozlash ishlari olib borilmoqda. Yaxta bortida yirik dam olish zonasi va spa-salon barpo etilishi rejalashtirilgan. U o‘ziga 24 nafar ekipaj a’zolari va sakkizta kayutada 16 nafar mehmonni sig‘dira oladi.

Yaxta 2019-yilning so‘ngida o‘z egasiga topshiriladi. Buyurtmachining kimligi sir tutilmoqda.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют