» » Rossiya Fanlar akademiyasi va Fransiya milliy kutubxonasi nodir qo‘lyozmalar nusxalarini O‘zbekistonga topshirdi

Rossiya Fanlar akademiyasi va Fransiya milliy kutubxonasi nodir qo‘lyozmalar nusxalarini O‘zbekistonga topshirdi


Toshkentda 28-noyabr kuni “Zamonlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi — ma’rifatli kelajak poydevori” mavzuida xalqaro media-forum boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, YuNESKO hamda Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning (Germaniya) mamlakatdagi vakolatxonalari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro anjumanda senatorlar, deputatlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, dunyodagi yetakchi muzey, kutubxona, ilmiy institutlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda.

Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo‘lyozmalari instituti va Fransiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Katta Langar Qur’oni”, “Me’rojnoma”, “Temur tuzuklari”, “Devoni Husayn Boyqaro”, “Ravzatus-Safo” (Poklik bog‘i) qo‘lyozmalarining faksimile nusxalari O‘zbekistonga topshirilishi tadbirning muhim voqeasi bo‘ldi. Ushbu nusxalar qo‘lyozmalarning asliga juda yaqin, oltin qoplamali qog‘ozda bitilgan.

Tadbirda ushbu to‘plamlar 49 mamlakatdan kelgan 136 muzey va kutubxona vakillariga topshirildi.

Tadbirda, shuningdek, 2018-yilda chop etilishi rejalashtirilgan kitob-albomlar va filmlar haqida ham ma’lumot berildi. Kitoblar O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya, Turkiya va Yaponiyadagi fondlarda saqlanayotgan, yurtimizning nodir osori-atiqalariga bag‘ishlanadi.

Media-forumning birinchi kunida O‘zbekiston hududida turli madaniyatlar va badiiy an’analar, jahon kolleksiyalarida O‘zbekiston san’ati kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Yaponiyalik olimlarning muzey eksponatlari yoshini aniqlash bo‘yicha yangi texnologiyalar haqidagi taqdimoti ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют