» » Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya ShHT hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi

Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya ShHT hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi


30-noyabr – 1-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining 16-yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari mintaqa va jahondagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashadi, ShHT doirasida iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning keng ko‘lamdagi masalalari, tashkilotga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturining bajarish bo‘yicha tadbirlar rejasining amalga oshirish jarayoni va ko‘p qirrali kun tartibining boshqa masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, yig‘ilishda kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston vakillari, ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Ijroiya qo‘mitasi, ishbilarmonlar kengashi va ShHTning banklararo birlashmasi kotibiyat rahbarlari hamda qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют