» » Samarqandda qariyb 10 ming dollarni Rossiyaga noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

Samarqandda qariyb 10 ming dollarni Rossiyaga noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi


20-noyabr kuni “Samarqand — aeroport” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy yo‘l bilan olib chiqishga uringan bojxona qoidabuzarlik holati fosh qilindi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

“Samarqand — Sankt-Peterburg” aviareysi bilan uchib ketayotgan yo‘lovchilardan biri samarqandlik M.Haydarov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovlar vaqtida ma’lum qilinmagan juda ko‘p miqdordagi ya’ni, 9420 AQSh dollari va 325 880 Rossiya rublini bagaj sumkasining ichidagi ko‘k rangli erkaklar sport kiyimiga o‘ralgan qora rangli Jeep Buluo nomli qo‘l sumkasiga bekitgancha olib o‘tishga uringani aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Samarqand bo‘limining ekspertiza dalolatnomasiga ko‘ra, fuqaro M.Haydarovdan olingan Rossiya rubli va AQSh dollari banknotalari haqiqiy deb topilib, ularning umumiy miqdori qariyb 121 million so‘mni tashkil etgan.

Hozirda, M. Haydarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 182-moddasi (Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют