» » 10 ming metr balandlikda uchayotgan samolyotda kislorod qayerdan olinadi?

10 ming metr balandlikda uchayotgan samolyotda kislorod qayerdan olinadi?


Siz o‘zingizni xuddi yerdagidek qulay his qilishingiz uchun avialaynerlarda salondagi havo sifati uchun javob beradigan maxsus tizimlar ko‘zda tutilgan, deb yozadi Travel Ask.

Samolyotlar odatda 9—12 ming metr balandlikda uchadi. Samolyot balandlikka ko‘tarilgach, parametrlari yerdagidan keskin farq qiluvchi atmosfera havosiga kirib qoladi. Salondagi havo taxminan 15—20 daqiqa parvoz uchun yetadi, undan keyin salonda kislorod miqdori kamayib ketadi va nafas olish mumkin bo‘lmay qoladi. Toza havo kirishi uchun shunchaki lyukni ochib qo‘yish imkonsiz. Gap shundaki, bunday balandlikda havodagi kislorod miqdori 7—8 foizgacha kamayadi, pastda esa bu ko‘rsatkich 21 foizga teng. Bort tashqarisidagi atmosfera bosimi esa biz uchun odatiy bo‘lgan 740—760 mm sim. ust. o‘rniga, 170—250 mm sim. ust. gacha tushib qoladi.

Qulay sharoitlarni ta’minlash uchun barcha avialaynerlarda maxsus sun’iy iqlim hosil qilish tizimi ishlaydi. Tizim bort tashqarisidagi havoni olib, uni kompressorlar yordamida siqadi. Buning natijasida undagi kislorod zichligi maqbul darajagacha ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda harorat ham qulay darajaga yetkaziladi.

Bosimga kelsak, avialayner salonida dengiz sathidan 1300—1800 metr balandlikka to‘g‘ri keladigan 600—650 mm sim. ust. darajasida bo‘ladi. Bu odam uchun qulay atmosfera bosimining eng pastki chegarasi hisoblanadi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют