» » Meksikada vertolyot halokati oqibatida 1 kishi qurbon bo‘ldi

Meksikada vertolyot halokati oqibatida 1 kishi qurbon bo‘ldi


Meksika janubi-g‘arbidagi Gerrero shtatida ko‘knor dalalarini yo‘q qilish jarayonida harbiy vertolyot halokatga uchradi, bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat xavfsizligini muvofiqlashtirish guruhi vakili Roberto Alvares Erediya Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avariya Leonardo Bravo munitsipalitetida yuz bergan. Erediya halokat hududida qidiruv ishlari davom etayotganligini qo‘shimcha qildi.

Aristeguinoticias nashri avariya oqibatida bir kishi halok bo‘lganligi haqida xabar beradi. Vertolyot gerbitsidlar yordamida ko‘knor dalalarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya vaqtida qulagan. Shundan so‘ng yonib ketgan. Yuz bergan hodisa vaziyatlari prokuratura va tergov organlari tomonidan aniqlanmoqda. Halokat sabablari hozircha noma’lum.

Mazkur vertolyotda ikki kishi bo‘lishi mumkin, biroq boshqa yaralangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют