» » 40 nafar o‘zbekistonlik yoshlar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

40 nafar o‘zbekistonlik yoshlar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yoshlardan bir guruhini “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qarori e’lon qilindi. Qaror matni va sovrindorlarning to‘liq ro‘yxati O‘zAda keltirildi.

Milliy ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, Vatan obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, namuna ko‘rsatayotgan yoshlar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida Murad Buildings xususiy korxonasi direktori Murod Nazarov, Xalqaro biznes va texnologiya assotsiatsiyasi raisi Hikmat Abdurahmonov, “Mening yurtim” telekanali boshlovchisi Anvar Azimov, aktyor Akbarxo‘ja Rasulovlar bor.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 44) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют