WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » TIVda Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
TIVda Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
29-noyabr kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va prezidentning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralarda oliy darajada bo‘lajak O‘zbekiston—Afg‘oniston uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari, xususan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.
Suhbatda Afg‘oniston Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?