» » Gretsiyada muhojirlar ketayotgan mashina jarlikdan quladi. To‘rt kishi halok bo‘ldi

Gretsiyada muhojirlar ketayotgan mashina jarlikdan quladi. To‘rt kishi halok bo‘ldi


Gretsiya shimolida ro‘y bergan YTHda to‘rt muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Mahalliy politsiya bayonotiga ko‘ra, fojia Nea Peramos shahri yaqinida, Kavala – Saloniki yo‘lida ro‘y berdi. Mashinada to‘qqiz kishi — sakkiz noqonuniy muhojir va haydovchi bor edi.

Mashinani boshqarib ketayotgan erkak politsiya talabiga ko‘ra avtoulovni to‘xtatmay, qochishga urindi. U katta tezlikda chekka yo‘lga o‘taman deb jarlikka quladi.

To‘rt kishi halok bo‘ldi, bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Qolgan to‘rt kishi jiddiy jarohat olmadi.

Ma’lumotga ko‘ra, haydovchi ham muhojir bo‘lib, u doimiy yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan. Mashina egasi esa Afinada yashovchi Pokiston fuqarosi bo‘lgan.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют