» » Meksikaning Gvadalaxara shahrida inson jasadi qoldiqlari solingan muzlatgichlar topildi

Meksikaning Gvadalaxara shahrida inson jasadi qoldiqlari solingan muzlatgichlar topildi


Noma’lum shaxslar Meksikadagi Gvadalaxara shahrining turli nuqtalarida inson jasadi qoldiqlari bo‘lgan muzlatgichlar qoldirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Proceso nashriga ko‘ra, ikki inson boshi solingan sovutgich Televisa Guadalajara telekanali tahririyati qarshisidan topildi.

Muzlatgichlarda tahdidli maktublari bo‘lgani, ulardan biri mahalliy sudya, ikkinchisi esa Xalisko shtati (Gvadalaxara mazkur shtat poytaxti hisoblanadi) politsiyasi rahbariga yo‘llangani bildirilmoqda.

Ikki maktub ham shtatda faoliyat olib boradigan “Xalisko —Yangi avlod” narkokarteli nomiga uyqash C.J.N.G. initsiallari bilan imzolangandi.

Kartel Meksikadagi eng yirik jinoiy guruhlardan biri hisoblanadi. 2015-yili uning a’zolari Gvadalaxara shahriga hujum qilgan va harbiy vertolyotni urib tushirgandi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют