» » Rossiyadagi teraktlar Zello va Telegram dasturlari yordamida tayyorlangani ma’lum qilindi

Rossiyadagi teraktlar Zello va Telegram dasturlari yordamida tayyorlangani ma’lum qilindi


Rossiyada teraktlar tayyorlagan jangarilarga Zello va Telegram dasturlari orqali ko‘rsatma berilgan. Bu haqda ShHT mintaqaviy aksilterror tizimi direktori Yevgeniy Sisoyev ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Bu haqda u ShHT davlatlari bosh prokurorlari yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Rossiyada teraktlar amalga oshirishni rejalashtirgan terrorchi guruhlarni boshqarish Yaqin Sharq va Turkiyadan masofaviy tarzda, Zello va Telegram dasturlaridan foydalanib bajarilgani haqida yetarlicha dalillar mavjud”, — ta’kidladi Sisoyev.

Mansabdorga ko‘ra, yil boshidan beri Rossiya fedaral xavfsizlik xizmati ShHT davlatlari maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda terrorchi tashkilotlarning 50 dan ortiq guruhi va 380 nafar faol qatnashchisini fosh etdi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют