» » Yangi avloddagi Jeep Wrangler taqdim etildi (foto)

Yangi avloddagi Jeep Wrangler taqdim etildi (foto)


Jeep kompaniyasi Wrangler yo‘ltanlamasining yangi avlodini taqdim etdi. Avtomobil yengilroq bo‘ldi va to‘liq uzatmali ish rejimiga ega bo‘ldi. Rubicon modifikatsiyasi esa 33 dyumli shina bilan jihozlandi. Bu zavodda seriyali tarzda ishlab chiqariladigan mashinalarga o‘rnatilgan eng katta g‘ildirak bo‘ldi. “Motor” avtomobillarning suratlarini taqdim etdi.

Wrangler’ning to‘rtinchi avlodi mustahkamroq va qattiqroq ramada yig‘ilgan. Kuzovda alyuminiyning qo‘llanilishi mashina vaznining 91 kilogrammga yengillashishiga xizmat qildi. Bu material avtomobilning dvigatel qopqog‘i, eshiklar va oynalarning ramkasida qo‘llanilgan.

Yangi avloddagi Wrangler uch xil tomli ko‘rinishda taqdim etilgan: o‘rnatilgan qattiq tom, yig‘iladigan yumshoq tom va yig‘ilmaydigan yumshoq tom.

Yo‘ltanlamasning dvigateli 3,6 litrli bo‘lib, 285 ot kuchiga ega. Dvigatel olti darajali mexanik yoki sakkiz diapazonli avtomat tezlik uzatish qutisi asosida ishlaydi.

Avtomobilning Shimoliy Amerika bozorlariga chiqishi 2018-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют