» » McDonald’s Rostov-na-donulik erkakni tovon puli uchun kofeni to‘kib yuborganlikda aybladi

McDonald’s Rostov-na-donulik erkakni tovon puli uchun kofeni to‘kib yuborganlikda aybladi


McDonald’s tezkor ovqatlanish tarmog‘i Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida yashovchi Nikolay Shestakovning da’vo talabini tan olmadi. Erkak kompaniyadan muassasa xodimi uning ustiga kofe to‘kib yuborgani uchun 43 ming rubl (736 dollar) talab qilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Da’vogarning advokati Pyotr Dombrovitskiyning aytishicha, javobgar xuddiki Shestakovning o‘zi tovon puli uchun kofeni to‘kib yuborganini ma’lum qilgan. McDonald’s tomonidan bildirilishicha, Shestakov shikoyatlar va takliflar kitobiga yaxshi yopilmagan qopqoq tufayli kofe to‘kilib ketganini yozib qoldirgan.

Shestakov avtomobilni ta’mirlash uchun ketgan moddiy zarar sifatida 43 ming rubl (736 dollar) va ma’naviy zarar uchun 500 ming rubl (8565 dollar) undirishga urinmoqda. Da’vogar advokatning xarajatlari uchun yana 40 ming rubl (685 dollar) talab qilgan. Keyingi sud majlisi 15-dekabrga belgilangan.

Shestakov 2017-yilning 11-iyun kuni o‘z avtomobilida “Makavto”ga borgan, u yerda kofe ham buyurgan.

Shestakovning so‘zlariga ko‘ra, buyurtmani olib kelgan restoran xodimi uni mashina oynasidan uzatgan va stakandagi qaynoq kofeni berayotgan vaqtda ehtiyotsizlik qilib, uni erkakning ustiga to‘kib yuborgan. Kofe uning o‘ng yelkasi, ko‘krak qafasi, shuningdek, avtomobilning uskunalar paneli va o‘rindig‘iga to‘kilgan.

Voqeadan so‘ng Shestakov shifokorlarga murojaat qilgan. Unga o‘ng yelka va ko‘krak qafasining o‘ng qismi kuyishi tashxisi qo‘yilgan. Erkak mashinani ta’mirlatish uchun 43 ming rubl (736 dollar) va ekspertiza uchun ming rubl (17 dollar) to‘lagan.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют