» » Saakashvili Ukraina hukumati uni hibsga olishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi

Saakashvili Ukraina hukumati uni hibsga olishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi


Ukrainaning Odessiya viloyat ma’muriyati sobiq raisi Mixail Saakashvili mamlakat prezidenti Pyotr Porashenko uni hibsga olishga ko‘rsatma berganini ma’lum qildi. Bu haqda sobiq gubernator 29-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida gapirgan, deb yozmoqda EADaily.

Saakashvilining aytishicha, prezident Porashenko “qizil chiziq”ni kesib o‘tgan va Ukrainada o‘ylab topilgan davlat to‘ntarishi va Odessiyadagi o‘ylab topilgan ish uchun uni hibsga olishga topshiriq bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, topshiriq bosh prokuror Yuriy Lutsenko va Ukraina xavfsizlik xizmati rahbariyatiga berilgan.

Sobiq gubernatorning ta’kidlashicha, topshiriq olgan rahbarlar 3-dekabrga qadar 2—3 kun ichida uni hibsga olish bo‘yicha rejani amalga oshirishi kerak. Saakashvilining ta’kidlashicha, uning Odessiya viloyati ma’muriyatidagi faoliyati vaqtida mavjud bo‘lmagan ishlar ko‘tariladi.

Shuningdek, sobiq gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, uning ovozi bilan audioyozuvlarni soxtalashtirish va bu materialni uning hibsga olinish kunida e’lon qilish rejalashtirilmoqda.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют